Tovuqlardan qolgan go‘shtlar

Assalomu alaiykum! Mani parrandachilik fermam bor. Shu fermada broller tovuq so‘yiladi. Tovuq so‘yilganda ichak chavoqlari, kallalari tashlab yuboriladi. Buni ishchilar yig‘ib cho‘chqa boqadiganlarga sotishar ekan. Shu sotganiga cho‘chqani rivojlanishiga sherik bo‘lib qolishmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sherik bo‘lib qolishadi. Odatda kalla va ichaklar harom hisoblanmaydi. Ishchilaringiz u narsalarni birorta baliq boquvchi fermalarga to‘plab sotishini yo‘lga qo‘yib bersangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 09:00 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar