Sunnat namozini o‘qish
Assalomu alaykum! Bir do‘stim bor, u 5vaqt namoz o‘qiydi, lekin sunnatlarini o‘qimaydi. Shu saytda bir javobni o‘qigan ekan javobda, faqat namozni yaxshi hislatlari aytilgan, lekin o‘qimasa bo‘lmaydi deb aytilmagan deb namozda sunnatlarni tark etdi. Shu do‘stimizga qanday maslahat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U sunnatlar sunnati muakkada. Uni tark qilganlar adashishadi. Sunnat yoki mandub – shariat tomonidan jazm bo‘lmagan ravishda talab qilingan narsa. Bunday hukmga amal qilgan odam savob oladi, unga amal qilmagan odamga esa, iqob qilinmaydi. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan unga malomat va itob bo‘lishi mumkin.Hanafiy mazhabi ulamolari sunnatni uch darajaga bo‘ladilar:a) Sunnati muakkada, ya’ni ta’kidlangan sunnat.Misol uchun, jamoat bilan namoz o‘qish. Bu darajadagi sunnat vojibdan keyingi o‘rinda turadi.b) Sunnati mashru’a – dushanba va payshanba kunlari ro‘za tutish va shunga o‘xshash amallar.v) Sunnati zoida – eyish-ichish, yurib-turish, uxlash kabi ishlarda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga iqtido qilish. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:55 | Savol-javoblar | 174 | Namoz