G‘aznachiga berilgan hadya halolmi?
Assalomu alaykum! Bir yarim oydan buyon shifoxonada g‘aznachi lavozimida ishlayman. Mendan avvalgi g‘aznachilar xar xil harajatlarni baxona qilib xodimlar oylik maoshidan 10.000gacha olib qolishgan ekan. Bundan xodimlar norozi emaslar, aksincha ba’zilari rahmat deb yana 5000-10.000 tashlab ketishadi. Avvaliga buxgalterlarimiz aytaganliklari uchun men ham 4-5 ming olib qoldim(ammo o‘zim ishlatmadim u pullardan). Bu safar pul olib qolmasdan hammasini o‘zim tarqatdim(mayda pul yo‘qligi sababli qolib ketdi 500-700lar). Lekin ular yo‘q deganimga qaramay choy puli deb yana pul tashlab ketishayapti hadya sifatida. Bu pullar menga halolmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qilgan ishingizga maosh olganingizdan keyin ulardan narsa olishingiz joiz emas. Mabodo kutsangiz va umid qilsangiz ta’ma qilgan hisoblanasiz, ta’ma esa halol emas. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 09:11 | Savol-javoblar | 187 | Halol va harom