Neft maxsulotlari najosatmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar men tegirmonda ishlayman, ish kiyimda namoz o‘qiyman. Ba’zida ta’mirlash ishlari ketganda ustimga salidor yoki benzin sachraydi. Kiyim almashtirishga unchalik ham sharoit yo‘q, shu kiyimda namoz o‘qisam bo‘ladimi? Neft maxsulotlari teksa najosat xisoblanmaydimi? Ba’zida dog‘ning xajmi piyoladak bo‘ladi?2). Qish kunlari 5 maxal nomozni maxsiga mash tortib o‘qisam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Neft mahsulotlari pok. Namoz o‘qiyvering. 2). Ha, bo‘ladi. Mahsini kiyishda tahoratli bo‘lsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 09:11 | Savol-javoblar | 174 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar