Takbiri tahrimada ikkilanish

Assalomu alaykum! Asr namoziga kirganimda sherigim namozni boshlaganini va rukuga ketayotganini ko‘rib o‘ng tarafiga takbiri taxrimani aytib, keyin yana takbir aytib rukuga bordim. Aynan takbiri taxrimani o‘zim eshitadigan darajada aytganimga ikkilanib rukuda turgandim extiyotan yana bir marta takbir aytdim. Namozim durustmi? Yoki qayta o‘qib olaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qayta o‘qib oling. Takbir tahrimani tik turgan holda aytiladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 09:22 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar