Menga taloq tushganmi?

Assalomu alaykum! Oilada erim hech narsa bilan ishi yo‘q. Meni va farzandimni moddiy ta’minlash umuman xayoliga kelmaydi. Meni va farzandimning kasalimiz, kiyim-kechagimiz, oziq-ovqatimiz hammasi meni ota-onamning bo‘ynida. Menga ota-onam uy olib berishgan. Erim bilan alohida yashaymiz. Moddiy etishmovchilik tufayli ko‘p janjal kelib chiqadi. Erim har doim “mendan pul so‘rasang yashamayman”, deb bizni tashlab ketadi. Har safar oilani buzmayin deb o‘zim yalinib, erimni olib kelaman. Qaynonam ham erimni yonini olib, men bilan janjallashadi. Mana erimni ketganiga 5 oy bo‘ldi. Bizdan umuman xabar olmaydi. “Bolani ko‘rib keting” desam ham kelmaydi. “Onam yubormaydi” deb aytadi. “Birga yashamayman” deydi, “unday bo‘lsa menga taloq bering” dedim. “Taloq ham bermayman” deb aytadi. Bunday holda nima qilishim kerak? Menga taloq tushganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Taloq yoki taloqqa dalolat qiladigan so‘zlar aytilmagunicha oraga taloq tushmaydi. Ikki tomondan gaplari o‘tadigan kishlardan hakamlar tayinlab, masalani iloji boricha ijobiy tomonga hal qilish kerak. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 07:03 | Savol-javoblar | 182 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar