Musofirlik va namoz

Assalomu alaykum! Men xizmat safari bilan tez tez o‘zbekistondan tashqariga chiqib turaman. Ya’ni poezdda ishlayman. Alxamdulillax namozlarimni vaqtida va xatosiz o‘qishga xarakat qilaman. 4 rakatli farz namozlarni qasr qilib o‘qiyman. Xar namozda farzdan oldin takbir aytaman. Namozlardan oldin azon aytishim shartmi yoki aytmasa xam bo‘ladimi va qiblani taxminan qidirib joynamoz solaman. Chunki poezd bir tekis yurmaydi gox o‘ngga gox chapga burilib yuradi. Keyin ba’zan sharoitdan kelib chiqib yo‘l davomida namozlarimni o‘tirib o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz telefon orqali qiblani topib, oldingizga qo‘yib oling. Namoz ichida o‘zgarsa o‘sha tomonga burilib siz ham o‘zgaring. Azon shart emas, aytsangiz sunnati muakkadani savobini ham olasiz. Aytmasangiz ham namoz ado bo‘ladi. O‘tirib o‘qishga ruxsat yo‘q. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 09:22 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar