Qur’on tinglab ish qilish

Assalomu alaykum!  Alloh qilayotgan ishlaringizni ajrini bersin. Savolim shuki men ba’zi ishlarimni bajarayotganimda audio mp3 Qur’on tinglab qilardim. Bir do‘stim bu ishim noto‘g‘ri ekanini Qur’on yangrayotgan payti doim o‘tirib jim tinglash kerakligini aytdi. Lekin men tinglab ish qilsam ishimda baraka bo‘lib zavqlanib harakatda bo‘laman. Bu ishim joizmi? Javob uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “A’rof” surasida marhamat qiladi: وَإِذَا قُرِىءَ الْقُرْآنُ فَاسْتَمِعُواْ لَهُ وَأَنصِتُواْ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ۝ 204. Qachon Qur’on tilovat qilinsa, unga quloq solinglar va jim turinglar, shoyad, rahm qilinsangiz. Ushbu oyati karimadan fuqaholar namozda jim turib eshitishni hukmini olganlar. Shunday bo‘lsada namozdan tashqarida ham  Qur’onga quloq tutish zarurdir. Bu bilan asosiy maqsad Qur’onni tinglashdir. Yurib tinglaniladimi, o‘tirib tinglaniladimi yoki bemor yotib olib tinglaydimi farqi yo‘q. Xunarmand yoki biror ishchi qulog‘i bekor turmasligi uchun musiqa qo‘yib qo‘ygani kabi bo‘lmasligi kerak. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 02:47 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar