Tikuvchining puli
Assalomu alaykum! Biz bozordan "Pardalar" magazinidan uyimiz uchun mato sotib olgandik. Sotuvchini o‘zi tikuvchixam ekan xoxlasangiz o‘zim tikaman dedi. Biz rozi bo‘ldik. Sotuvchi xisobladi va tikuv xaqqi va mato narxi barchasi 1mln va 80.000 bo‘ldi. Biz sotuvchiga 680.000 mingini to‘lab, qolgan 400.000 uyda o‘rnatgandan so‘ng to‘lashimizni aytdik. Parda tikilgandan so‘ng uyimizga 2ta erkak kishi ya’ni o‘rnatuvchilar kelib pardamizni o‘rnatayotgan vaqtda pardamizni tepa qismini 40sm yirtib qo‘yishdi va naqshidagi gulini yulib qo‘yishdi. Bizni jaxlimiz chiqdi ammo qattiq gapirmadik. Qaytarib olib ketishini aytdik, lekin ular bar-bir bir parcha latta uchun unday qilmang deyishdi. E’tibor bering tikuvchi ayolni o‘zi kelmagan edi. Pardani o‘rnatgandan so‘ng biz 400.000 so‘m o‘rniga 300.000 berdik. Opa ya’ni tikuvchi kelib yirtilgan joyni taxlab bersinlar albatta qolganini beramiz dedik. So‘ng ular ketishdi. Opaga tel qilib keling iltimos taxlab bering xoxlasangiz o‘zimiz sizni olib kelib qaytib olib borib qo‘yamiz uyizga dedik. Axir bu sizning xatoingiz nega kelmadingiz o‘rnatishga desak, u opa bizga o‘sha qolgan 100.000 ming bizga nasib etmasligini aytdi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak? Iltimos maslaxat bering. Allohdan qo‘rqamiz. 100.000 puli qolib ketdi. Shu bizni qiynayapti. Bu ishga 2oycha bo‘ldi. Pulini oborib beraylikmi? Pardamiz xali xam yirtiq osilib turibdi. Axir o‘sha opaning o‘zi kelib yirtilgan joyini tikib berishga ko‘nmadi. Bo‘ynimizda qarzimiz bor bo‘lib qoldikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yirtganini aybini to‘latib olishga 100% haqqingiz bor. O‘sha ayb 100ming turadimi yoki yo‘qmi o‘zinglar bilasizlar. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 09:33 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yirtganini aybini to‘latib olishga 100% haqqingiz bor. O‘sha ayb 100ming turadimi yoki yo‘qmi o‘zinglar bilasizlar. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 09:33 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat