Maxrni kuyov taraf qaytib olsa
Assalomu alaykum! Men turmush qurganimga 23 yil bo‘ldi. Shuncha yil avval turmush o‘rtog‘im menga maxr evaziga 12 sotix er bergan edilar. Erni esa dadam bizga bildirmay xujjatlarini to‘g‘irlab o‘zlarini nomiga o‘tkazib olgan edilar. Endi oilaviy sharoitimiz tufayli shu erni bering deb so‘rasam erni xo‘jaynim maxrga berganlarini tan olmayabtilar. Tushuntirishga xarakat qilsam norozilik ifoda qildilar. Haqqimni talab qilsam ularning mendan norozi ekanliklariga javobgar bo‘lamanmi? Bunday norizolikga dinda qanday qaraladi? Maxrni olib qo‘yishga dinda qanday qaraladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U haqiqatda siznikimi yoki yo‘qmi bilmadik. Agar mahr qilib berganligi rost bo‘lsa erni qaytarib olishga haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 03:41 | Savol-javoblar | 197 | Oila va turmush