Yarashgandan keyin ibodatlar qabul bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Men mo‘min mo‘min bilan urushib qolib ya’ni keyin 3 kundan ziyod gaplashmay yursa ibodatlari qabul bo‘lmaydi deb eshitdim. Vaqti kelib yarashilsa o‘sha gaplashmay yurganda o‘qilgan nomozlar qabul bo‘lib o‘rniga tushib ketadimi yoki ado qilinmagan bo‘lib farzlar qolib ketadimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zimmasidan ado bo‘ladi va savobiga ega bo‘ladi. Agar o‘shanday o‘tib ketganida edi savobsiz qolar edi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 09:33 | Savol-javoblar | 145 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar