Do‘kondorlarni adolatsizligi
Assalomu alaykum! Biz maxsulot ishlab chiqarib shu maxsulotmizni do‘konlarga tarqatamiz. Hozirda raqobat ko‘pligi xamda naqd pul muammoligi sabab molimizni do‘konchiga (kansignatsiya) ya’ni bir xaftaga qarzga beramiz, misol dushanbi mol bergan bo‘sek keyingi dushanba pulni olshimiz kerak, lekin ko‘p do‘konchila molni olgandan keyin keyingi xafta kelsak pul yo‘q deb turvoladi. Agar puli bo‘saxam boshqa biznikidan kerakli maxsulotga misol kola, pepsi shunga o‘xshash firmalaga olib qo‘ygan bo‘ladi. Lekin bizni molni xam sotib bo‘lgan bo‘ladi. To‘g‘ri ba’zi do‘konda azgina yoki yarim mol turgan paytlayam bo‘ladi, lekin kelishuv bo‘yicha bir xaftaga kelshilgan pulini berish kerak bo‘ladi. Pul so‘rasek “ana molin turipti, molini opket” deb turvoladi. Kelishuv bo‘yicha mol qaytib olish xaqida gap bo‘midi. Molda xam biron nuqson bo‘midi, faqat yangi xali odam uncha tanimagan maxsulot bo‘gani uchun sotilishi sal sekinroq bo‘ladi. Hozir 95% do‘konchi shu ishni qilib kelshuvni buzadi. Boshqa kun o‘sha aytgan kun borsegam yana boxona qilib pul bermidi. Ishlab chiqaruvchiyam do‘konchi bilan sovuqchili tushib qomasin, molimi osin deb majbur chidaydi. Do‘konchilani shu qilayotkan ishlari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni oddiy bir dinsizlik yoki dindor bo‘lsa ham dinning ahkomlarini qadrlamaslik deyiladi. Din bo‘lmaganidan keyin intizom ham bo‘lmaydi. Bu erda biz har bir tijorat bilan shug‘illanuvchi insonlar kasbini halol va haromini o‘rganishga chaqirib qolamiz. Tijorat dinning eng muhim qismini tashkil qiladi. Chunki shu bilan insonni ruhiy tarbiyasi, halol haromga bo‘lgan e’tibori, Alloh uning qalbida qanchalik qadrli yoki qadlri emasligi ma’lum bo‘ladi. Kimdir qo‘lidan tasbeh tushmasa, karrot-karrot haj va umralarni qilgan bo‘lsayu, oldi berdi tijorat ishlarida shariat ahkomlariga amal qilmasa uni haqiqiy dindor deb bo‘lmaydi. Bergan molingizni kunini tayin qiling, kechiktirsa yana tayin qiling. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 09:44 | Savol-javoblar | 135 | Moliya va tijorat