Noinsofsizlik, kasbiga hiyonat
Assalomu alaykum! Qurilishda qarovulman oyligimga qo‘shimcha bo‘lsin deb devol rangladim. Prarabimiz shu qilgan abyomimizni naryadga kv ko‘paytirib yozdi ortganini o‘ziga oldi men unday qilmang dedim. Keyingi naryadda ham yana shunday qildi pulimdan keyin chamasi 450 ming mendan oldi oshiqchasi deb, keyin erinmasdan abyomimni hisoblab chiqsam prarap 370 ming qarz ekan yana unaqa qilmang dedim va qarzni boyniga qoydim beraman dedi. Mana ohirgi naryadimda esa yana 250 minglar ko‘p yozibdi ortiqchasini prarapga bermasdan shu qurilishni bir hojatiga ishlatmoqchiman, endi savol. 1. Shu qiliqlarini boshliqqa aysam bo‘ladim bilmadim boshqa ustalardan ham shunda qilyotgandir. 2. Mendan 370 mingni cho‘ntagidan berish kerak edi mana keyingi naryadda ham 250 minglar ko‘p yozgan shu pulga 100 ming qo‘shib bersa qarzimdan uzildim desa u pulni olsam bo‘ladimi. 3. Bu ishini qoralab qilmang dedim lekin boshqa chora ko‘rmayin jim tursam gunohkor bo‘lib qolmaymanmi, ahir qorovulman yani shu firmani bir azosima. Iltimos to‘liqroq javob bersangizlar javobni o‘ziga ham ko‘rsatar edim...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ogohlantirganingizdan keyin ham bu ishni qilgan bo‘lsa tegishli mas’ullarga aytib buni oldini oling. Bo‘lmasa o‘g‘irligiga sherik bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 03:19 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ogohlantirganingizdan keyin ham bu ishni qilgan bo‘lsa tegishli mas’ullarga aytib buni oldini oling. Bo‘lmasa o‘g‘irligiga sherik bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 03:19 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar