Plastik kartaga pul o‘tkazish

Assalomu alaykum! Shayx xazratlariga bizga naqt pul kerak bo‘lganda plastikdagi pulni naqdga aylantirishimiz uchun 10% hizmat haqqi olib qolishmoqchi, shu joizmi deb so‘rashganida mumkin emas diganla va yana bir savolda plastikdan boshqa plastikga pul o‘tkizganda hizmat haqqi uchun 2% pul olib qolishi joizmi deyilganga zikr ahli joiz deb javob berishgan ekan. Bu ikkala savolda ham hizmat haqqi uchun % olib qolinvotti shunda qaysi javob to‘g‘ri? Bilamizki kreditga mahsulot olish joiz emas, mahsulotni sotib oluvchi birdaniga katta summani to‘lay olmagani uchun bankdan kredit oladi va bank kredit bergani uchun o‘sha puldan hizmat haqqi sifatida % olib qoladi. Buning haromligiga ihtilof yo‘q, plastikdan boshqa plastikka pul o‘tkazish ham % da bo‘lsa harom bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikkala holat ham ikki xil. Siz qaysi birini so‘ramoqchisiz? O‘zingizni holatingizni yozing. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 09:55 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar