Abduolim ismi

Assalomu alaykum! Abduolim ismi ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Arab tilida o‘zbek tilidagi iste’mol qilinadigan “A”ni ikki xil tovushi bor. Biri hamza bo‘lib, u bizning “A”ga yaqin. Ikkinchisi “’ayn” bo‘lib, bizni “A”dan mutlaqo farq qiladi. O‘sha Allohning عليم عالم sifatlarida “ع” bilan bo‘lgan tovush ishlatiladi. Abduolimdan ham agar oddiy o‘zbektilidagi “A”ni talaffuz qilinsa bo‘lmaydi. Agar “ع” bilan iste’mol qilinsa to‘g‘ri bo‘ladi. Arab bo‘lmaganlar shuni bilib olsa yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 13:10 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar