Menga juma farzmi?

Sizga bog‘lana olganimdan xursandman! Savolim: Rossiyada ishlayman. Sharoit shunday bo‘lyapdiki, men ish boshlayotgan hududda masjid yo‘q, jumaga borish uchun taxminan 65 km masofadagi shaharga borish kerak. Imkonim oz darajada, ammo bor. Men peshinni o‘qib jumaga bormasam gunoh bo‘ladimi yoki gunoh yo‘qmi? Maslahat bersangiz. Bezovta qilganim uchun uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Imkon bo‘lganda borib turing.

26 May 2022, 19:23 | Savol-javoblar | 169 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar