Qayta maxr vojib bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men izlash xizmatidan foydalanib extiyot yuzasidan nikoxni yangilaganda maxr vojib bo‘lmasligini bilib oldim. Lekin birodarim agar ayol kishi talab qilsa bu xolatda xam maxr vojib bo‘lishligini takidladi. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz nikoh haqiqiy bo‘lsa mahr vojib bo‘lishini bilamiz. O‘zi qayta o‘qitish shart bo‘lmasdan turib yana nikoh o‘qilsa mahr vojib bo‘lmasligini ham bilamiz. Ikkilanganda vojib bo‘lish yoki bo‘lmasligini bilmaymiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 09:55 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar