Qassobxonada namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Man xozirda rossiyada xalol magazinda qossobchilik qilaman. Yaqinda telegram kanalda payg‘ambarimiz xadislarini o‘qib qoldim. Xadisda shunday kelgan ekan qassobxona va yana boshqa joyda nomoz o‘qib bo‘lmas ekan. Man ishlaydigan do‘konda xayvonlarni viloyatlarda so‘yib terisi olingan xolatda olib kelishadi va men uni chopib sotaman va shu erda nomoz o‘qiyman. Polni yuvaman, toza. Nomozim durusmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda nima uchun o‘qish joiz emasligi keltirilgan. Agar o‘sha narsalardan xoli bo‘lsa, albatta namoz o‘qish joiz bo‘ladi. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَهَى أَنْ يُصَلَّى فِي سَبْعَةِ مَوَاطِنَ: فِي الْمَزْبَلَةِ، وَالْمَجْزَرَةِ، وَالْمَقْبَرَةِ، وَقَارِعَةِ الطَّرِيقِ، وَفِي الْحَمَّامِ، وَفِي مَعَاطِنِ الْإِبِلِ، وَفَوْقَ ظَهْرِ بَيْتِ اللهِ الْحَرَامِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam etti joyda namoz o‘qishdan nahiy qildilar: axlatxonada, qassobxonada, maqbarada, yo‘l o‘rtasida, hammomda, tuya cho‘kadigan joyda va Baytullohul haromning ustida».
Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qishdan qaytargan makonlarni birma-bir ko‘rib chiqaylik.
1. Axlatxona.
Axlatxonada namoz o‘qib bo‘lmasligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Namozning qabul bo‘lishi uchun asosiy shartlardan biri makonning pokligidir. Axlatxona esa buning aksi bo‘lgan joy.
2. Qassobxona – kushxona.
Bu joy so‘yilgan hayvonlarning qonlari va axlatlari bilan pokligini yo‘qotgan makondir. U joyda ham namoz o‘qib bo‘lmaydi.
3. Maqbara.
Maqbarada namoz o‘qib bo‘lmasligini avvalgi hadislardan birida o‘rgandik.
4. Yo‘l o‘rtasi.
Yo‘l o‘rtasi namoz uchun maqbul joy emasligini sharh qilib o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak.
5. Hammom.
6. Tuya bog‘lanadigan joy.
7. Baytullohul haromning usti.
Chunki Ka’bai muazzamaning ustiga chiqib namoz o‘qish ushbu muqaddas joyga nisbatan hurmatsizlikdir. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 13:18 | Savol-javoblar | 179 | Namoz