Hanafiy fiqhida suv hayvonlari
Assalomu alaykum! Hanafiy fiqhida suv hayvonlaridan faqat baliqni o‘lganini eyish mumkin deyilgan. Asarlarda sahobalar kitning o‘ligini eganliklari kelgan. Kit baliq emasligida shubxa yo‘q, chunki kit sut emizuvchi, tanasida ham oquvchi qoni bor bo‘lgan issiqqonli hayvon hisoblanadi. Ilm fan rivojlandi, endi suv hayvonlarini o‘rganib ijtihod qilish kerak emasmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz baliqni nimaligini ajrata olmas ekansiz. Kit baliq turiga kiradi. Baliq bo‘lmagan taqdirda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni halol ekanligini aytganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytgan gaplar vahiy orqali bildirilgan. Hasharotlar bizning mazhabda joiz emas. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom