Qilyatgan ishimiz to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum! Men do‘stim bilan sheriklikda ish boshlaganmiz Allohga shukur ishimiz yurishyapti. Bizning ishimiz optim savdo qiladigan do‘konlardan maxsulotlar haqida malumot olib (ular bilan kelishgan holda) telegram kanalimizga joylaymiz 1 hafta ichida zakaz qabul qilamiz tushgan zakazlarni do‘konlardan sotib olib ustiga xizmat haqqimizni qo‘yib buyrutmachilarga etqazamis. Do‘stim aytyapti biz o‘zimizniki bo‘lmagan narsani o‘zimizniki qilib sotyotgandaymiz (kim o‘zida bo‘lmagan narsani davo qilsa bizdan emas)degan Rasulullohning gapi bizga to‘g‘ri kelib qolyapti deb ishlagisi kelmayapti. Biz hammasini ochiq oydin aytganmiz mijozlarga unga tushuntiraolmayapman men uni ishlasin deyapman onasi bilan turadi otasi yo‘q o‘yindan bosh ko‘tarmaydi yoshi 21da, ibodatda bo‘lgani uchun unga ishonaman dangasaligini ketqazish niyatidaman. Sizlarning gapingiz bilan ishlashda davom etaman deyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mijozlarning nomidan mahsulotni sotib olib ularga etkazib berishingiz va bu uchun ish haqi olishingiz joiz. Sharti shuki, mahsulotning asl narxini va qancha xizmat haqi olayotganingizni ochiq-oydin aytishingiz lozim. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:03 | Savol-javoblar | 175 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar