Qur’a tashlash

Assalomu alaykum! Bozorda taxminan 20, 25 ta odam oyiga 400$ dan “igra” o‘ynashadi. Shunda 24 ta bir xil idish ichiga SABR so‘zi yozilgan. 1 ta idish ichiga OMAD deb yozilgan qog‘oz chiqadi. Shu idishlarni bir qopchaga solib aralashtirib, bitta-bitta olishadi. Kimga OMAD yozuvi chiqsa hamma yig‘ilgan pulni oladi. Shunday “igra” o‘ynasa bo‘ladimi yoki 25 ta odam kelishib kim ketma- ket olishini kelishib olish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aniq dollardan bo‘lsa bu bir birlariga qarz berish hisoblanadi, kim olishini siz keltirgan qur’a yo‘li bilan tanlash mumkin. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar