Xotimasiga ko‘ri hadis sharhi
Assalomu alaykum! Men Sahih Buxoriy kitobining 8-jildida AMALLAR XOTIMASIGA KӮRA degan hadisni o‘qidim. Shuni hech ma’nosiga tushinmayapman. U erda rivoyati bor albatta. Uncha to‘liq esimga yo‘q. Menimcha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam falonchini ko‘rsatib, “u do‘zaxiydir” deydilar, yonidagi odam esa “u axir shu paytgacha jannat amallarini qilganku” debdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Yo‘q u do‘zaxiy” deydilar va birozdan so‘ng u jangda yaralanib og‘riqqa chidolmay qilichini ustiga og‘irligini tashlaydi. Shunda bu holatni ko‘rgan boyagi inson darhol “Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sizning Allohning rosuli ekaningizga iqrorman” deydi. Ӯqiganimga ancha bo‘ldi va bir marta o‘qigandim. Xato qilib yozganim uchun uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, inson gunohkor holida ham Allohga bog‘langan bo‘lib, nafsini kuyiga kirib qilayotganini tan oladi. Gunoh qilayotib Allohdan uyaladi, odamlardan berkitishga harakat qiladi. O‘sha balodan qutilishga duo qilib yolvoradi. Bu inson bir kun kelib tavbaga muyassar bo‘lishi umid qilinadi va bunga misollar nihoyatda ko‘p. Ba’zi bir insonlar esa zohirida ibodat ko‘rilgan amallarni bardavom qilishadi. Qur’on o‘qiydi namoz o‘qiydi, ehson-sadaqotlar qiladi, lekin o‘sha holatda ham uni qalbi Allohga bog‘langan bo‘lmaydi. Amallar riyo, xo‘jako‘rsin yoki odamlar uni ehtirom qilsinlari uchun qiladi. O‘limi yaqinlashganida esa nima uchun qilganini o‘z og‘zi bilan aytib o‘lib ketadi. Qancha-qancha etim boqqanlar “Seni o‘rninga etim qo‘zi boqqanimda edi. Sen uchun shunchalar yaxshiliklar qilgan edim” deb minnat qiladi. Qolgan amallari ham aslida Alloh uchun bo‘lmagan bo‘ladi. Agar haqiqatan Allohning roziligi uchun qilganida edi ular, “Men Alloh uchun qildim, savobini Allohdan umid qilaman, evaziga sendan hech narsani umid qilmayman. Sendan menga yomonlik etgan taqdirda ham savobimni habata qilishni xohlamayman” deydi. Bilib qo‘ying, kim har bir amalini xolis Xudo uchun qilsa Alloh hech qachon uni zoe qilib qo‘ymaydi. O‘sha siz aytgan hadisdagi kishi ham qavmining obro‘sini saqlashi uchun qilganini aytgan. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 195 | Hadislar