Taxoratni ketishi va balog‘at yoshi
Assalomu alaykum! Ovqatdan keyin tishni orasidan qolgan qoldiqlarni kovlaganimda tuflagan vaqtim qon aralash tufladim. Shu xolatda taxorat buziladimi? Taxorat buzilsa boshidan boshlash kerakmi (avratlarni yuvishdan)? 2. O‘g‘il va qiz bola nechi yoshdan namoz farz bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Milkning orasidan chiqqan oquvchi qon tahoratni ketkazadi. Bunday holda xojatxonaga kirmagan bo‘lsangiz tahoratni qo‘lni yuvishdan boshlab qilinadi. Avratlarni yuvish shart emas.2). BALOG‘ATGA ETISh ALOMATLARI
O‘g‘il bolaning balog‘atga etganligining uch alomati:
1. Tushida bulg‘anishi;
2. Tushida bulg‘anmasada balog‘atga etmay uylangan bo‘lsa, maniy kelishi va ayolini homilador qilishi;
3. Ikki alomat topilmasa, o‘n besh yoshga to‘lishi bilan bolig‘ hisoblanadi.
Qiz bolaning balog‘atga etish alomatlari quyidagilardir:
1. Eng kami to‘qqiz yoshga kirganda hayz qonini ko‘rishi. Undan avval ko‘rgan qoni hayz hisoblanmaydi;
2. Tushida bulg‘anishi bilan;
3. Homilador bo‘lishi;
4. O‘n besh yoshga to‘lishi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 00:15 | Savol-javoblar | 159 | Tahorat