Allohga bog‘lanishni uch yo‘li

Assalomu alaykum! Telegramdagi kanaliladan kordim, ichida Zikr kilish boyicha berilgan savolning javobida:"Ularni ichidagi o‘sha qimmatbaho tosh «Attaalluq ma’Alloh» degan narsa edi." digan gap va:"Allohga bog‘lanishni hosil qilishni uch yo‘li bor." degan gaplar bor ekan.shu suzlarni sharxlab, Allohga bog‘lanishni xosil qilishni uch yo‘li nimalardan iborat?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Uyg‘oniboq Allohni eslang. Tahoratxonaga kirishdan oldin ham chiqqandan keyin ham nonushtaga o‘tirishdan oldin ham nonushtani qilayotib ham un tugatgandan keyin ham. Uydan chiqishdan oldin ham bir to‘xtab nima qilmoqchi bo‘lsangiz Alloh oson qilishini, muvaffaq qilishi va oson qilishini so‘rab keyin chiqing. Mashinaga minmoqchi bo‘lsangiz avval mashnangiz borligiga shukur qiling, boradigan joyingizga eson omon etib borishni so‘rang. Xuddi shu kabi har bir ishingizda birinchi o‘rinda Allohni eslab, oson qilishini so‘rab ish bitgach shukur qilib qo‘yishni ham odat qiling. Mashinangiz buzilsa ham birinchi bo‘lib ustaxona emas Alloh esga kelsin. Allohim O‘zing musibatimga ajr bergin, tuzalishini oson qilgin va yaxshi ustani ato qilgin deb ayting. Uyga kirishdan oldin ham bir oz to‘xtang. Allohim uyimni hotirjam qil deb ayting. Ishqib nima bo‘lganda ham birinchi Alloh yodinga keladigan bo‘lishi kerak. Yaqin o‘tkan zamonamizning eng katta valiylaridan biri Bu uch amalning biri Allohning do‘stlarini suhbatida bardavom bo‘lish, go‘yoki bu bir kurash ustasi kurashchi bo‘lmoqchi bo‘lgan insonga yaxshi ustozni topish darajasi hisoblanadi. 2). Allohning zikrida bardavom bo‘lish. Zikr qandayligini yuqorida tushuntirib o‘tdik. Bu narsa kurash o‘rganmoqchi bo‘lgan shogird tinmay mashq qilishi darajasidadir. 3). Gunohlardan saqlanishga himmat qilish. Bu kurashchi eyishi yoki bajarishi man qilingan ishlardan tiyilishi darajasidadir. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 10:16 | Savol-javoblar | 154 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar