Nasroniylikka kirib qattiq adashgan birodarlarimizni bu yo‘ldan qaytaraylik

Assalomu Alaykum va Rohmatullohi va Barokatuh fazilatli shayh janoblari men sizga bitta iltimos bilan murojaat qilmoqchi edim agar imkon bo‘lsa shahsan o‘zingiz yoki shogirdlaringiz orqali hozirda yurtimizda avj olgan missionerlik oqimlariga kirib ketayotgan najot nasroniylikda ekan haqiqiy hudo Iso (a.s) ekan (Astog‘firulloh) deb minglab yoshlarni bu zalolatga eltuvchi yo‘ldan qaytarish uchun ommaviy ahborot vositalarida yoki islom.uz saytida yoshlarimizga amru maruf qilsangiz . Va yana agarda imkon topa olsangiz shu mavzularda kitoblar yozsangiz . Ollogha hamdu sanolar bo‘lsinki islom.uz sayti ham qisman bu mavzuni yoritgan ammo bu hali kamlik qiladi shekilli chunki meni eshitishimcha hozirda O‘zbekistonda arzimagan 200-300 $ uchun nasroniylikka kirib ketayotgan 7 yoshdan 70 yoshgacha ayolu erkak kundan kunga ko‘payib ketyapdi ekan . Hususan men yashayotgan davlatda islom dinida dindan chiqsang o’ldirishadi deb bu erda nasroniy bo’lib qolgan qancha o’zbeklar bor Iltimos mana shu mavzuni shahsan o’zingiz ko’tarib chiqsangiz Ollohdan sizga sog‘lik salomatlik va Yaratgan Robbimizni fazlu karomatini tilab qolaman Sizga chuqur ehtirom ila , Abdulvohid
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Taklifingiz uchun tashakkur. Bu ishni biz siz bilmagan taraflarini ham qilib qo‘yganmiz. Xalqaro ma’lumotlar to‘rida[size=10pt] www.hilol.’om[/size] nomidagi saytni ochib kerakli ma’lumotlarni to‘ldirib tashlaganimizga bir necha yil bo‘ldi. Sizdan iltimos, odamlarni o‘sha saytni o‘qib turishga chaqirishda yordam berib turing.

27 May 2022, 05:07 | Savol-javoblar | 155 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar