Turkiyada kichik xaj
Assalomu alaykum! Onam Turkiyaga opalari bilan uchrashgani ketishni niyat qilganlar. Shu safar davomida xolamlar ularni «kichik xaj» amali qilishga boramiz, yani turkiyada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oyoq izlari tushirilgan joy bor, ana shu erda borib ibodat qilinsa kichik xaj amali xisoblanadi deb aytibtilar. Men bu fikrni to‘g‘ri deb bilmadim. Va bu amal xaqida xech eshitmagandim. Bu ish bo‘lmagan gap, uyda qilingan ibodat ayol kishi uchun eng alosi va kichik xaj degan narsa yo‘q, u Turkiyadagi gaplar faqat odamlarni chalg‘itish uchun demoxchi bo‘ldimku, lekin siz ilm axlidan so‘rab, oydinlik kiritib, sizdan kelgan javobni ularga ko‘rsatish uchun yozdim. Biron bir shirk amal qilib qo‘yishlaridan xavotirdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri o‘ylar ekansiz. Bunday gap dinimizda yo‘q. Buni dinni yaxshi bilmaydiganlar to‘qib chiqarishgan. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 11:11 | Savol-javoblar | 154 | Haj va umra