Olayotgan pullarimiz harommi?

Assalomu alaykum! Biz hozirda chet elda o‘qiymiz, bizni universitetlarda shunday narsa bor, semestrni yaxshi baholar bilan tugatgan o‘quvchilarni boshqa universitetlarga o‘qishga jo‘natishadi va hamma xarajatlarni ham to‘lab beirshadi. Universitetimizning bir o‘qituvchisi bizlarga shunday taklif bildirdi ya’ni bizni boshqa universitetga o‘qishga jo‘natadi biz borib faqat bitta dokumentga ya’ni biz o‘qishga keldik va o‘qishni boshladik degan ma’nodagi dokumentga qo‘l qo‘yib kelamiz. Lekin o‘zimiz u erda qolib o‘qishni davom ettirmaymiz, o‘zimiz yashab turgan joyga qaytib kelamiz. Bizlarga esa nechchi oy o‘qish davom etsa, eb-ichish yotoqxona xarajatlati hisoblanib har oyda pul tashlab turiladi. Shu pullarni olish bizlarga harom hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qanday qilib halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 15:46 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar