Shu so‘zga dalil bormi?

Assalomu alaykum! Telegramda bir kanal bor, hamma tomonlama yangiliklarni birinchilardan bo‘lib joylashadi. Faqat u kanalda va kamentariyasida domlalarni juda ko‘p tanqid qilishadi. Tog‘ut, murtad, kofir kabi so‘zlarni qo‘rqmay ishlataverishadi. Deyarli aralashmayman, faqat ba’zi joylarida chidab turolmay men ham yozib qo‘yaman. Shu darajada domlalardan kuchliroq ilmli bo‘lsanggiz nega o‘rnini egallamaysizlar, bular halqni aldayotkan bo‘lsa nega sizlar chiqib xalqni to‘g‘ri yo‘lga boshlamaysizlar, ilmlaringiz etsa bu erda g‘iybat qilib o‘tirmay "domlani yomonlaganning 7 avlodidan qori chiqmaydi" dedim. Men ham bu gapni eshitgandim lekin ular dalil hadis bormi qani keltir shu gapingga qori chiqmasligiga deyishdi. Dinimizda bunday gap bormi o‘zi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hadis yo‘q. Biror insonni g‘iybat qilishdan qaytarish uchun unga g‘iybat haqidagi oyati karimani aytish kifoya. Vallohu a’lam!

3 Yanvar 2024, 17:06 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar