Reklama

Assalomu alaykum! Men ish izlab bir firmaga borib qoldim. Firma xodimlari o‘z maxsulotlarini reklama qilish vaqtida turli diniy iboralar qo‘llashmoqda. Misol uchun "falon maxsulotimizzi Olloh roziligi uchun xarid qilib iching", "falon maxsulotimizni ichsangiz ikki dunyo saodatiga erishasiz", "falon maxsulotimizni shuncha narxga olib ichsangiz shu zaxoti Olloh pulingizni qaytarib beradi". Ushbu xolat qanchalik to‘g‘ri? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu gaplari yolg‘onligi o‘zlariga ham ma’lumku. Bu dunyo haqida bir nima deyishlari mumkin, ammo oxirat haqida hukm chiqarib yuborishlari xato. Alloh berish yoki bermasligi ham Allohdan boshqaga ma’ulm emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi bir hadislarida Allohning berishini aytganlari vahiyga suyanilgan. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 11:43 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar