Oilada erning mas’uliyati
Assalamu alaykum! Ayoli va oilasini, onasi va opalarining tuhmatlari sababidan tashlab qo‘ygan erkaklarni qiyomatda nima kutayapti? U er bularni tuhmat ekanligini biladi, topish-tutushi ham yaxshi, hozirda uy qurmoqda. Ammo bolalari kasalxonada yotganini eshitib ham kelmadi. Iltimos shu masalada maslahat va nasihat qilinglar. Oldinda katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir tomonning gapini eshitish bilan xulosa chiqarish noto‘g‘ri bo‘ladi. “Baxtiyor oila” kitobida : ERNING AYoLI OLDIDAGI BURChLARI Ulamolarimiz erning xotini oldidagi burchlari to‘g‘risida kelgan barcha hujjat va dalillarni o‘rganib chiqib, quyidagi xulosaga kelganlar. Erning xotini oldidagi burchlari ikki qismga bo‘linadi: 1. Moliyaviy burchlar. 2. Muomalaviy burchlar. Moliyaviy burchlar mahr, nafaqa va to‘ydan iborat. I. Mahr burchi. «Mahr» aqdi nikoh yoki er-xotin bo‘lish barobarida er zimmasiga yuklanadigan va xotinga berish lozim bo‘lgan moldir. Alloh taolo «Niso» surasida shunday deb marhamat qiladi: «Ayollarga mahrlarini ko‘ngildan chiqarib bering. Agar ular undan biror narsani chin ko‘ngildan tutsalar, bas, uni englar. Osh bo‘lsin, ofiyat bo‘lsin» (4-oyat). Ushbu oyati karima mahr berish erga vojib ekanini anglatuvchi to‘rtta oyatdan biridir. Aqdi nikoh bo‘lishi bilan, garchi qovushmay turib ajrashadigan bo‘lsalar ham, erga mahr berish vojib bo‘ladi. Lekin mahr berish nikohning shart yoki ruknlaridan emas. Usiz ham nikoh bog‘lanaveradi, oldi-berdi keyinroq bo‘lsa ham, zarari yo‘q. Alloh taolo «Niso» surasida bunday deydi: «Ulardan bahralanishingiz hisobiga farz qilingan mahrlarini ularga bering» (24-oyat). Mahr kelinning turmush qurishga rozi bo‘lgani, xotin bo‘lib, bir yostiqqa bosh qo‘yayotganini taqdirlash sifatida beriladi. Mahr berish farzdir. Busiz nikoh nikoh bo‘lmaydi. Oldinmi, keyinmi, ozmi, ko‘pmi, baribir mahr berish kerak. Alloh taolo «Niso» surasida shunday deb marhamat qiladi: «Ularni ahllarining izni ila mahrlarini ma’ruf ila berib, nikohingizga oling» (25-oyat). Jo‘ngina «mahrlarini bering», deb qo‘ymasdan, «ma’ruf ila»ning qo‘shib aytilishi ham muhim hikmat ahamiyat kasb etadi. Mahr to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avval zikr qilganmiz. II. Nafaqa burchi. Nikohdan so‘ng xotinning nafaqasi erga vojib bo‘ladi. «Nafaqa» so‘zi lug‘atda «yaxshilikka mablag‘ chiqarish» ma’nosini anglatadi. Shariatda esa, o‘z qaramog‘idagi shaxsni etarli kiyim, taom va maskan bilan ta’minlashdir. Nafaqaning erga vojib bo‘lishi Qur’on, sunnat, ijmo’ va aql ila sobit bo‘lgan. Qur’ondan dalillar: Alloh taolo «Taloq» surasida shunday deb marhamat qiladi: «Rizqi keng kengligidan nafaqa qilsin. Kimning rizqi tor qilingan bo‘lsa, unga Alloh berganidan nafaqa qilsin. Alloh hech bir jonga O‘zi berganidan ortiqchani yuklamas. Alloh qiyinchilikdan so‘ng tezda osonlikni berur» (7-oyat). Alloh taolo «Baqara» surasida bunday deydi: «U(ona)larni ma’ruf ila edirib, kiyintirish otaning zimmasidadir» (233-oyat). Alloh taolo «Taloq» surasida bunday deb marhamat qiladi: «U (ayol)larga o‘zingiz yashab turgan joydan imkoningiz boricha joy bering» (6-oyat). Sunnatda kelgan dalillar: عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فِي حَجَّةِ الْوَدَاعِ: ...فَاتَّقُوا اللهَ فِي النِّسَاءِ. فَإِنَّكُمْ أَخَذْتُمُوهُنَّ بِأَمَانِ اللهِ، وَاسْتَحْلَلْتُمْ فُرُوجَهُنَّ بِكَلِمَةِ اللهِ. وَلَكُمْ عَلَيْهِنَّ أَنْ لَا يُوطِئْنَ فُرُشَكُمْ أَحَداً تَكْرَهُونَهُ، فَإِنْ فَعَلْنَ ذَلِكَ فَاضْرِبُوهُنَّ ضَرْباً غَيْرَ مُبَرِّحٍ. وَلَهُنَّ عَلَيْكُمْ رِزْقُهُنَّ وَكِسْوَتُهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ... رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَمَالِكٌ. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vidolashuv hajida dedilar: «...Bas, ayollar haqqida Allohdan qo‘rqinglar! Chunki siz ularni Allohning omonati ila olgansizlar. Ularning farjlarini Allohning kalimasi ila halol qilib olgansizlar. Sizlar uchun ularning zimmasida siz yomon ko‘rgan biror kishiga to‘shaklaringizni bostirmaslik majburiyati bor. Agar o‘shani qilsalar, ularni achitmaydigan qilib uringlar. Ular uchun sizning zimmangizda ma’ruf yo‘l bilan rizqlari va kiyimlarining majburiyati bor...». Muslim, Abu Dovud va Molik rivoyat qilganlar. عَنْ حَكِيمِ بْنِ مُعَاوِيَةَ الْقُشَيْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْه قَالَ: قُلْتُ يَا رَسُولَ اللهِ، مَا حَقُّ زَوْجَةِ أَحَدِنَا عَلَيْهِ؟ قَالَ: أَنْ تُطْعِمَهَا إِذَا طَعِمْتَ وَتَكْسُوَهَا إِذَا اكْتَسَيْتَ أَوِ اكْتَسَبْتَ، وَلَا تَضْرِبِ الْوَجْهَ وَلَا تُقَبِّحْ وَلَا تَهْجُرْ إِلَّا فِي الْبَيْتِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Hakim ibn Muoviya Qushayriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ey Allohning Rasuli, birimizning xotinining unda nima haqqi bor?» – dedim. «Qachon taomlansang, uni ham taomlantirasan. Qachon kiyim kiysang, (yoki mol kasb qilsang) uni ham kiyintirasan. Yuzga urmaysan. Haqoratlamaysan va uydan boshqa joyda hijron qilmaysan», – dedilar u zot». Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ هِنْدًا بِنْتَ عُتْبَةَ قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ أَبَا سُفْيَانَ رَجُلٌ شَحِيحٌ وَلَيْسَ يُعْطِينِي مَا يَكْفِينِي وَوَلَدِي إِلَّا مَا أَخَذْتُ مِنْهُ وَهُوَ لَا يَعْلَمُ، فَقَالَ: خُذِي مَا يَكْفِيكِ وَوَلَدَكِ بِالْمَعْرُوفِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Hind bintu Utba: «Ey Allohning Rasuli, Abu Sufyon o‘ta baxil odam, unga bildirmay olganimdan boshqa menga va bolamga kifoya qiladigan hech narsa bermaydi», dedi. «O‘zingga va bolangga etarlisini to‘g‘rilikcha ol», dedilar u zot. Ikki shayx rivoyat qilganlar. Barcha ulamolar ayollarning nafaqasi erlariga vojib bo‘lishiga ittifoq qilganlar. Ayol kishi erning xizmatlarini qilganidan keyin, uning izmida bo‘lganidan keyin, albatta, uning nafaqasi erga vojib bo‘ladi. Nafaqa haqida quyidagi masalalarni bilib olish va ularga ixlos bilan amal qilish oila va uning a’zolari uchun o‘ta muhimdir: 1. Nafaqaning miqdori ikkisining holiga qarab bo‘ladi. Har ikkisi boy bo‘lsa, boylikka yarasha, kambag‘al bo‘lsa, kambag‘allikka yarasha bo‘ladi. Er boy, xotin kambag‘al yoki aksincha bo‘lsa, ikki holning o‘rtasida bo‘ladi. Agar xotin otasining uyida bo‘lsa ham yoki erning uyida bemor bo‘lsa ham. Har bir oila o‘zining iqtisodiy holidan kelib chiqib, xotinning nafaqasini belgilashi kerak. Erlar mumsiklik qilmasliklari, xotinlar talabni haddan tashqari kuchaytirmasliklari lozim. Hozirgi kunimizda erkaklarning ko‘pchiligi ayollarini nafaqa bilan ta’minlash borasidagi burchlarini sharaf bilan ado etayotganlari quvonchli holat. Lekin ba’zi holatlarda xotinlarga nafaqa masalasida zulm bo‘layotganligi haqida shikoyatlar ham ko‘p. Yana ayrim erkaklar, xotinini nafaqa bilan ta’minlamayotgani etmagandek, «Boshqalarning xotini ishlab pul topayotibdi, sen ham meni boqasan», deb televizor ko‘rib yotishibdi. Bu esa chidab bo‘lmaydigan holdir. Faqih ulamolardan naql qilingan «Agar xotin otasining uyida bo‘lsa ham yoki erning uyida bemor bo‘lsa ham» degan jumla ham bugungi kunimizda alohida e’tiborga loyiq bo‘lib qoldi. Ko‘pchilik xonadonlarda kelin bemor bo‘lib qolsa, otasinikiga olib borib qo‘yishni farz yoki vojib deb anglayotganlar ham yo‘q emas. Ota-ona, qarindoshlar yoki tanish-bilishlar xotini bemor bo‘lgan erkakka: «Ayoling bemor bo‘libdi, otasinikiga olib bor», deyishadi. Yana kelin tuzalgan kunning o‘zidayoq uni qaytarib olib kelishga amr qilishdan xijolat ham bo‘lishmaydi. Chunki bu narsa odatga aylanib qoldi. Aslida, betob bo‘lgan kelinni otasinikiga olib borib tashlash o‘zini bilgan har bir shaxs uchun or, nomus bo‘lishi kerak. Balki, mabodo, kelin otasinikida bemor bo‘lib qolsa ham, er uni o‘z uyiga olib kelib, davolashi lozim. Er zimmasidagi xotin uchun vojib nafaqalar besh qismdir: A. Taom. Bunga oziq-ovqat, ichimlik va taomga qo‘shib eyiladigan (sirka, yog‘ va shunga o‘xshash) narsalar hamda taom pishirish uchun ketadigan barcha mahsulotlar kiradi. Taomning miqdori etarli bo‘lishi kerak, mazkur miqdor erning boy-kambag‘alligiga qarab belgilanadi. B. Kiyim. Etarli darajada, bir sidirg‘a kiyim-bosh doimo bo‘lishi kerak. Hanafiy va Shofe’iy mazhablarida: «Har olti oyda bir sidirg‘a yangi kiyim olib beriladi», deyilgan. V. Maskan. Er o‘z xotinini maskan – turar joy bilan ta’minlashi vojib. Maskan erning moliyaviy imkoniyati darajasida bo‘ladi. Shu bilan birga, maskan to‘liq jihozlangan, unda yashash uchun kerakli har bir narsa bo‘lishi lozim. G. Agar xotin xizmatkor ishlatib yuradigan toifadan bo‘lsa, xizmatkor solib berish ham uning nafaqasiga kiradi. D. Tozalik asbob-anjomlari va uyning kerakli matohlari. 2. Agar er moli bo‘la turib, ayoliga nafaqa qilmasa, qozi uni qamashga hukm chiqaradi. Ayol talab qilsa, erning boshqa mulklari sotilib, uning nafaqasi beriladi. Er noilojlikdan nafaqa bera olmasa, qamalmaydi. 3. O‘zboshimchalik bilan uyidan chiqib ketgan, qarz uchun hibsga olingan, kuyovning uyiga kasalligi tufayli keltirilmagan, majburlangan (olib qochilgan) va erisiz haj qilgan ayolga nafaqa yo‘q. Ayol agar eri bilan birga haj qilsa, shunda ham safar va kiraning nafaqasiga emas, muqimlik holatida oladigan nafaqasiga haqlidir. 4. Boy erga xotin uchun bir xodimning nafaqasi ham vojib bo‘ladi. Sahih qavlga binoan, kambag‘al erga bu narsa vojib bo‘lmaydi. 5. Erning nafaqadan ojizligi uchun oralari ajratilmaydi. Ayolga erning hisobidan qarz olish amr qilinadi. Er nafaqa berishga ojiz bo‘lsa ham xotinidan ajratilmasligining hujjati quyidagicha. Alloh taolo «Baqara» surasida marhamat qiladi: «Agar nochor bo‘lsa, boyiguncha kutishdir» (280-oyat). Demak, nochor odamning boyishini kutish kerak. Nochorligi uchun boshqa chora ko‘rish durust emas. Alloh taolo «Nur» surasida shunday deb marhamat qiladi: «Oralaringizdagi nikohsizlarni va qulu cho‘rilaringizdan solihlarini nikohlab qo‘ying. Agar faqir bo‘lsalar, Alloh ularni O‘z fazlidan boy qilur. Alloh Vosi’ va Aliymdir» (32-oyat). Oyatda faqirlik nikohga to‘siq bo‘la olmasligi ta’kidlanmoqda. 6. Kimga kambag‘alligiga qarab nafaqa yuklangan bo‘lsa-yu, keyin boyisa, agar xotin talab qilsa, boyligiga mos nafaqa ila to‘latiladi. Aksincha, boyligida nafaqa belgilansa-yu, keyin kambag‘al bo‘lib qolsa, kambag‘allik darajasiga qarab nafaqa qisqartiriladi. 7. O‘tgan muddatning nafaqasi soqit bo‘ladi. Er ma’lum muddat nafaqa bermay yurgan bo‘lsa, keyin uni to‘lashi lozim bo‘lmaydi. 8. Illo, qozi tayinlagan yoki ikkovlari bir narsaga kelishgan bo‘lsalar, o‘tgan muddatnikini ham berish vojib bo‘ladi. Bunda ikkovlari ham tirik bo‘lishi shart. Agar biri vafot etgan yoki ayolni nafaqani olishidan avval taloq qilgan bo‘lsa, tayinlangan narsa soqit bo‘ladi. Biroq, ayol qozining amri ila qarz olgan bo‘lsa, soqit bo‘lmaydi. 9. Muddatidan oldin berilgan nafaqa, ikkovlaridan biri muddatdan oldin vafot etsa, qaytarib olinmaydi. Misol uchun, bir kishi xotinining bir yillik nafaqasini oldindan berib qo‘ydi. Ammo bir yil o‘tmasdan, ikkovlaridan biri vafot etdi. Shunda nafaqa qaytarib olinmaydi. 10. Xotinning maskani erning ahlidan biror kishi bo‘lmagan uyda bo‘lishi sharti ila erga vojib bo‘ladi. Hattoki, erning boshqa xotinidan bo‘lgan bolasi ham bo‘lmasligi kerak. Illo, ayol rozi bo‘lsa, mayli. Agar er xotinni hech kim yo‘q uyga joylagan bo‘lsa-yu, xotin er urayotgani va ozor berayotgani haqida qoziga shikoyat qilsa va o‘zining solih qavmlar orasida joylashtirilishida yordam so‘rasa, qozi xotinning gapi to‘g‘riligiga amin bo‘lsa, erni zajr qiladi va xotinga tajovuz qilishdan qaytaradi. Ammo, erning xotinga ozor bermayotganiga guvohlar bo‘lsa, tek qo‘yadi. Agar atrofda ishonchli kishilar bo‘lmasa yoki ular erga tarafdor bo‘lsalar, qozi xotinni solih qavmlar orasiga ko‘chirishni erga majburiy amr qiladi. 11. Erning hovlisidagi alohida, qulflanadigan uy ayolga kifoya qiladi. Ya’ni, bir hovlida boshqa uylar va kishilar bo‘lsa ham, alohida yashash uchun lozim qulayliklari bor uy bo‘lsa, etadi. 12. Er xotinning oldiga u(xotin)ning ota-onasini va boshqa erdan bo‘lgan bolasini kiritmaslikka haqli. Chunki uy uniki va u o‘z uyini o‘zi xohlaganicha tasarruf qilish haqqiga ega. 13. Xotinga istagan paytlarida nazar solishlaridan va gapirishlaridan (qarindoshlarni) man qilishga (erning) haqqi yo‘q. Chunki silai rahmni kesishga hech kimning haqqi yo‘q. 14. «Er ayolni haftada bir marta o‘z ota-onasining oldiga chiqishidan va ularni ayolning oldiga kirishlaridan man qila olmaydi» degan gap bor. Ota-onadan boshqa mahramlar yiliga bir marta. Va shunisi to‘g‘ri. Mahramlarning ziyoratiga oid so‘z aytgan mashoyixlar ichida «mazkur muddat bir oydan oshmasligi lozim», degan ulamolar ham, «bir haftadan oshmasligi lozim», degan ulamolar ham bor. 15. Foyibning xotinining, bolasining va ota-onasining nafaqasi uning molidan faqat ularning haqqi bo‘lgan jinsdan tayin qilinadi. Foyib – yo‘qolib qolgan odam. Uning molidan faqat xotini, bolasi va ota-onasining nafaqasini qozi belgilab beradi. Boshqa qarindoshlarning nafaqasi soqit bo‘ladi. «Ularning haqqi bo‘lgan jinsdan» degani «ularga zarur bo‘lgan narsalardan» deganidir. «Mana buni sotib, ishlatarsizlar», deb boshqa narsalarni berib bo‘lmaydi. 16. Bunda mol omonatga qo‘yilgan, muzorabada qatnashgan bo‘lmasligi yoki qarzga olgan kishining huzurida bo‘lishi va u(er) buni e’tirof qilishi shart. Shuningdek, nikohning e’tirofi ham bo‘lishi yoki qozi bularni bilishi lozim. Ya’ni, qozi mol, nikoh va nasabni bilsa, nafaqa haqidagi hukmni chiqaraveradi. Chunki qozining bilimi ham hujjat hisoblanadi va u o‘z o‘rnida bu bilan hukm chiqarish haqqiga ega. 17. Qozi ayolga er uning nafaqasini bermaganligi haqida qasam ichtiradi va undan kafolat talab qiladi. Ayolning qasam ichirilishi er g‘oyib bo‘lishidan oldin unga nafaqasini bergan bo‘lishi va ayol qozini aldayotgan bo‘lishi ehtimoli borligi uchundir. Kafil esa, mabodo, er kelib, ayolga nafaqasini kerakligicha qoldirib ketganini isbot qilib qolsa, to‘lab berishi uchun talab qilinadi. 18. Foyibga nafaqani yuklash uchun hujjat keltirishni talab qilmaydi va ayolga er nomidan qarz olishni amr qiladi. Nikoh haqida hukm chiqarmaydi. Imom Zufar: «Nafaqa haqida hukm chiqaradi, nikoh haqida chiqarmaydi», – degan. Bugungi kunda qozilar ehtiyoj yuzasidan shunga amal qiladilar. Chunki bunda odamlarga engillik bor. 19. Raj’iy va boin taloq qilingan, ozod bo‘lgandagi va balog‘atga etgandagi kabi ma’siyatsiz xiyor tufayli yoki kufuv bo‘lmagani uchun ajrashgan ayolga nafaqa va maskan beriladi. Bu hukmga quyidagi dalillar mavjud: Alloh taolo «Taloq» surasida shunday deb marhamat qiladi: «U (ayol)larga o‘zingiz yashab turgan joydan imkoningiz boricha joy bering» (6-oyat). ” deyilgan. Alloh taolo “Baqara” surasi 233-oyatida marhamat qilib : “Onalar farzandlarini to‘liq ikki yil emizurlar. (Bu) emizishni batamom qilmoqchi bo‘lgan kishi uchundir. Ularni ma’ruf ila edirib, kiyintirish tug‘dirganning zimmasidadir...” XX asr mujaddidi, ulug‘ alloma, Hakiymul-ummat mavlono Ashrof Ali Tahonaviy rohmatullohi alayh "Birovning haqqiga zulm qilganlarga Allohning rahmati yog‘ilmas" mavzusida o‘zlarining boshidan o‘tgan bir voqeani hikoya qilib beradilar. "Men odatda bomdod namozidan keyin tafsir ilmi bilan mashg‘ul bo‘lardim. Bu borada "Bayonul-Qur’on" nomli tafsir kitobini yozishga kirishgan edim. Bir kuni ahli ayolim ertalabda qaergadir borib kelish ijozatini oldida, ertalab sakkizda tovuqlarga ozuqasini berib qo‘yishimni yodimga soldi. Men "Xo‘p", deb, o‘z ishim bilan ovora bo‘libman. Biroz o‘tib kitob yozish asnosida hayolimga kelib turgan fikrlarni qog‘ozga tushura olmay qiynaldim. Huddi bilgan narsalarim yo‘q bo‘lib qolganday. Bir tafsir ishida fikr kelmay qolgach, shoyad boshqa ishga kirishib ketsam fikrlar ochilib ketar, degan hayolda xalqdan kelgan savollarga yozma javob berishga kirishdim, taajjub, bunda ham savollarga javob berishga, bilaman, deb o‘ylagan narsalarimni qog‘ozga tushirishga qiynaldim. Go‘yoki fikrlarimni bir qora bulut to‘sib turganday. Qo‘rqib ketdim. Nahot men uchun Allohning rahmat eshiklari yopilib qolgan bo‘lsa, nima xatoga yo‘l qo‘ydim?! Shu payt ich-ichimdan "Sen Allohning maxluqotiga zulm qilasanu, yana Allohning rahmatidan umid qilasanmi?", degan fikr keldi. Astag‘firulloh, darhol o‘rnimdan turdim, tovuqxonaga borib tovuqlarning ozuqasini berdim, Robbimga istig‘forlar aytib, tavba qildim. "Ey Robbim, Men ojiz bandangni bilmay qilgan xatosini O‘zing afv et!" Xonamga kirdim, Bismillah deb qalamni ushladim. Alhamdulillah, fikrlar yomg‘ir misoli yog‘ilib kelardi. Boyagi bulutdan esa asar ham yo‘q edi". Endi oylab, yillab birovning haqqiga zulm qilganlar qanday qilib topgan narsalarini, mol-mulklarini Allohning rahmati, in’omi, deb bilishi mumkin. Vallohu a’lam.
21 Aprel 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar