Multfilm ko‘rish
Assalomu alaykum! Ahli ilm ustozlar, hozirgi kunning eng saqlanish qiyin bo‘lib borayotgan gunohlarning biri ko‘z zinosidir. Biz erkaklarga ko‘chalarda yurish kundan kun kiyin imtihonlardan bo‘lib boryapti. Ko‘p ayollarimiz hayoni taloq qivorishdi. Alhamdulilah Alloh hidoyat qilgandan buyon bu gunohdan tiyilishga qattiq xarakat qilyapman, lekin ko‘pchilik erkaklar e’tibor bermayotgan narsa, bu oynai jaxon deb bilaman. Shundan ham tiyildim, ammo ko‘pincha farzandlarim multfilm ko‘rishadi, meni ham bexosdan ko‘zim tushadi. Masalan “Sohibjamol va maxluq”dagi Beel nomli ayol kiyofasi shunchalik maromiga yotgizishganki, kinolardagi tirik ayollardan farqi yo‘q. Endi bular haqida nima deysizlar? Bulardan ham tiyilaylikmi? Allohim O‘zi bizlarga insofu tavfiq bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O‘ziga keraksiz narsani tark qilish kishi Islomining go‘zalligidandir», dedilar». Termiziy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 12:22 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom