Mazxablardagi farqlar

Assalomu alaykum! Bilamizki 4 mazxab bor va ulardagi xukmlar bir birini rad qiladigan xolatlar talaygina. Masalan tuya siydigini xanafiy mazxabi xarom nopok desa boshqa 2 mazxab maqullaydi. Bunaqa bo‘linishlik din dushmanlari uchun rosa asqotmoqda va ateistlar kuliishmoqda. O‘zi bir xanafiy mazxabini qoldirib boshqasini yo‘qotish kerakmasmikan? Abu Xanifa rosa etarlicha xamma muammolarni echimini ochib berganlar, nega vaqtida shu boshqa mazxablarni paydo bo‘lishiga izn berganlar? Axir shogirdlarini qaytarsalar bo‘lmasmidi, bu mazxablarning turlichalik fatvolari xammani chalg‘itib qo‘ymoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mazhablarni  turlichaligi ham Allohning rahmati. Din dushmanlarining tilidan yaratgan Robbisi haqoratlanmay qolganidan keyin qolganlarga yo‘l bo‘lsin. Ularga “it xurar karvon o‘tar” kabi muomalada bo‘lish kerak. Musulmonlar amaliy namuna bo‘lish darajasiga etsa ularga gapirishga hojat qolmaydi. Shuni harakatida bo‘laveraylik. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 11:54 | Savol-javoblar | 183 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar