Iddam chiqqanmi?

Assalomu alaykum! Erim 2018-yilning oktyabr oyida "Agar shu yilni oxirigacha kelib san bilan yashamasam taloqsan" deb ketdi. Shu bilan qaytib kelmadi, xabar xam olmayapti. Uyimdagilar bunaqa erkak bilan yashamaysan, boshqasiga uzatamiz deb qattiq turib olishgan(6 yildan beri yashashimizni tayini yo‘q, erimni bu gapi xammaga ortiqchalik qildi). Mani talog‘im qachondan boshlab tushgan? Iddam qachon chiqadi (garmonalnыy uzgarishlar tufayli xayz ko‘rmayapman). Yoki chiqib bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 2019-yilning birinchi kunidan iddangiz boshlangan. Uch hayz ko‘rib poklanganingizdan keyin. “garmonalnыy uzgarishlar tufayli xayz kurmayapman” deganingizdan “mutloq hayzdan qoldim, qaytib umrimni oxirigacha hayz ko‘rolmayman” desangiz birinchi apreldan iddangiz chiqqan bo‘ladi. Yo‘q boshqa ma’no, “Hayzim kechikyapti” demoqchi bo‘lsangiz qachon uch hayz ko‘rib, poklangan kuningiz iddangiz chiqqan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:43 | Savol-javoblar | 135 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar