Nafsni tiyish

Assalomu alaykum! Nafsni tiyish haqida ko‘plab hadislar aytilgan, nafsning haqqini ham berishlik haqidagi hadislar bor. Bular o‘rtasidagi mo‘tadillikni qanday topishlik mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Juda yaxshi savol beribsiz. Bu ko‘p yillar tajribadan o‘tkazgan insonlardan maslahatlashish bilan ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun Islom ummati har bir bola va qizni aqllay boshlagach albatta bir solih inson va soliha ayollar tarbiyasiga topshirishgan. Shu sabab ham ilm o‘rganishgan ham ilmini hayotga tatbiq qilishgan har qanday muammoga duch kelishsa ular bilan maslahatlashgan va mo‘tadillikni ulardan o‘rganishgan. Hozirgi ummat ham shu ishga o‘ta o‘ta muhtoj. Hatto yaxshi ilm sohibi bo‘lgan kishilar ham. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 11:54 | Savol-javoblar | 210 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar