Go‘sht haqida
Assalomu alaykum! Men xozir London shaxrida talim olyapman. Bu er bilishingizcha g‘ayri dinlar shaxri. Yaqinda bir xodisa ro‘y berdi. Men ishlayotkan otelda kunning yarmida ovqatlanish uchun vaxt beriladi. Bu erda 3-4 ta o‘zbek bolla xam bor edi. Bilsangiz bu erda go‘sht maxsulotlari aynan biz ishlayotkan otelda xalol emas edi (mol va qo‘y go‘sht maxsulotlari). Shuning uchun men ko‘pincha faqat sabzavotlar va mevalar bilan siylanardim. Keyin bir maxal qarasam sherigim o‘sha go‘shtlardan bo‘lgan ovqatlarni solib o‘tiripti ovqatlangani. Men unga bilgan narsamni aytib quymoqchi bo‘ldim, xabari yo‘q deb o‘yladim. Keyin borib aytib qo‘ydim “Birodar bu go‘sht xalol emas, emaganingiz maqulroq” dedim. U esa men bilan tortisha boshladi “Mol va qo‘y go‘shtlari axir bu, o‘zimi Bismillah deb esam bo‘ladi, xalol bo‘ladi” deb aytdi. Men muzlab qoldim, naxotki tushuncha bo‘lmasa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohning ismini aytib so‘yilmasa u go‘sht halol bo‘lmaydi. Hatto yaxudiylar ham Allohning ismi zikr qilib so‘yilmagan go‘shtlarni eyishmaydi. Nasroniylik dinida ham so‘yishda Allohning ismini aytib so‘yishi shart. Alloh taolo "An’om" surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ وَإِنَّ الشَّيَاطِينَ لَيُوحُونَ إِلَى أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَادِلُوكُمْ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ 121. Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar. Shubhasiz, u fisqdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, albatta, sizlar ham mushriklar bo‘lursizlar. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 12:05 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom