O‘zga din vakillaridan tuhfa

Assalomu alaykum, Hurmatli ustozlar! Bugungi kunda men Rossiyada ta’lim olmoqdaman va 4 yildan buyon shu erda istiqomat qilaman. Tabiyki rus millatiga mansub do‘stlarim ko‘p. Bir necha kun avval bir rus do‘stimning buvisi vafot etdi. Oradan bir necha kun o‘tib u do‘stim menga shirinliklar (shokolad, konfet) olib keldi. Nima uchun? deb so‘rasam: "Bizda shunday urf bor, biror yaqinimiz olamdan o‘tsa biz atrofimizdagi tanishlarimizga shirinliklar ulashamiz" deb javob qaytardi. Mana shu shirinliklarni olish va iste’mol qilish biz musulmonlarga joizmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asli halol bo‘lgan narsani biron diniy munosabatga bog‘lamasdan berilsa, olish va eyish joiz. Agar shubhalansangiz, عن الحسن بن علي رضي الله عنهما قال : " حفظت من رسول الله  صلي الله عليه وسلم : دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ ، فَإِنَّ الصِّدْقَ طُمَأْنِينَةٌ ، وَإِنَّ الْكَذِبَ رِيبَةٌ  رواه النسائي Hasan ibn Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Seni shubhaga soladigan narsani qo‘yib, shubhasizini ixtiyor qilgin. Chunki sidq hotirjamlik, kizb esa shak-shubhadir” deganlarini eslab qolganman".
Nasaiy rivoyati. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 129 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar