Nasroniy va musulmon kishi vafot etsa
Assalomu alaykum! Meni ich ichimdan qiynadigan narsa bu musulmon — O‘zbeklarning bir-biriga qilayotgan muomalasi. Yo‘llarda mabodo svetafor ishlamay qolsa xamma xaydovchilarning asl basharasi namoyon bo‘ladi. Vaxolanki, shular orasida 5 vaqt namozga qatnaydiganlar xam bor. Bir birini ataylab yo‘lini to‘sishlik, mensimaslik, etib olib so‘kishlik odatiy xolga aylanib qoldi. Eng achilanarlisi, Juma namozini o‘qib bo‘lib avtoturargoxdan o‘z mashinasida katta ko‘chaga chiqib olish xam ko‘plab janjallarga sabab bo‘lmoqda, 5 daqiqa oldin amru-ma’ruf, naxiy-munkar eshitib chiqishiga qaramay.
Men 8 yil umrimni g‘ayri din mamlakatida o‘tkazganman. Bular Islomdan umuman xabari bo‘lmasada, ammo bir-biriga qilayotgan muomalasiga qoyil qolmaslikni iloji yo‘q. Bir-biriga xurmati shunchalik yuksak-ki ular «Avval sen o‘t keyin men o‘taman» degan qoidaga qattiq rioya qilishadi. Bir-biriga zulm qilish ular uchun umuman yod narsa. Shunga sizlarga savol : Ularga xam bir-biriga qilgan yaxshi muomalasi uchun oxiratda qandaydir savob olib, qandaydir gunoxlari mag‘firat qilinadimi? Bir-biriga bila turib zulm qilgan musulmonlarga-chi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Oxirat borasida najot topish Allohning yakka yagonaligini tan olish va Unga yahudiylar kabi Uzayr alayhissalomni sherik qilmaslik, nasorolarga o‘xshab Iyso alayhissalom va Jabroil alayhissalomlarni sherik qilmaslikka bog‘liq. Dunyo e’tibori bilan esa boshqa din vakillari Alloh ta’olo bajarishni va mahkam tutishni buyurgan sabablarni va go‘zal xulq deb belgilagan narsalarga kim amal qilsa taraqqiyotga erishaveradi. Bir vaqtlar musulmon bo‘lib, yuqorida zikr qilingan sifatlarga to‘liq amal qilganlar dunyoda ham saodat va izzat-ikromda hayot kechirdilar, oyat va hadislardagi va’dalarga muvofiq oxiratda ham in shaa Alloh aziz bo‘ladilar. Keyinchalik shariat buyruq va odoblariga musulmonlar amal qilmay xorlikka yuz tutdilar, hozir ham davom etmoqda. G‘ayridinlar unga amal qilib taraqqiyotga erishmoqda. Din yuqorida aytilgan taraqqiyot sabablariga kim unga amal qilsa kim bo‘lishidan qat’iy nazar, taraqqiyotga erishadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:37 | Savol-javoblar | 134 | Dolzarb savollar