Qarzim bor bo‘lib zakot berishim kerakmi

Assalomu alaykum! Men bir yil avval oz-ozdan pul yig‘ishni boshlagan edim. Uyimni ipoteka kreditiga olganman, xali juda katta qarzim bor, oyligimdan oz-ozdan orttirib onamga oyma oy berib borganman va akamni qarzlari borligi sababli yig‘ayotgan pulimni ishlatishlariga qarz sifatida ruxsat berganman, o‘zimning qarzim kamaymyapti yildan yilga oshib boryapti, o‘tgan yilining avgust oyida akamga bergan qarzim summasi nisobga etibdi. Bu yilning avgustida bir yil bo‘ladi va xozirda akam u pulimni qaytarishga imkoni yo‘q, ammo mening uyga berishim bo‘lgan kredit summam nisobdagi summamdan bir necha barobar ko‘proq. Men shunda xam akamda turgan pulimdan zakot to‘lashim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol boshingiz bilan bugnaqangi qarzlarga jur’at qilmang. Shu holda vafot topsangiz, agar shahida bo‘lsangiz ham jannatga kirmaysiz. Siz tezroq qarzlarni yoping. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 21:54 | Savol-javoblar | 150 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar