Duoda ixlos va ishonch

Assalomu alaykum! Men xufton namozini jamoat bilan ado etib vitrni uyda soat 1:30lardan keyn shukri vuzu, taxadjud namozlarini ukishga odatlanyaman maqsadim bemalol yolg‘iz qolib Allohdan duo qilib so‘rash, lekin xuddi katta taqvo, ixlos qilgandak ijobatini kutaman. Shoshilib qovoman va yana tushkunlikka tushib natija yo‘qdek ibodatim bekor bo‘lgandek tuyulaveradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bandaning har bir qilgan duosi shak-shubhasiz ijobat bo‘ladi. Oddiy bitta meva pishishi uchun bir fasl o‘tishi kerak bo‘ladi. Siz qilgan duoingizni bir mevachalik ham kutmasligingiz bu noto‘g‘rida. Siz duolarni qilavering qilavering Alloh yog‘dirib yuborganda ko‘rasiz, yig‘ishtirishga ulgurolmay qolasiz. Qilgan duoingizni natijasi ko‘rinmayotsa fasli endi keladi deb kuting. Ikkita payg‘ambar Muso va Horun alayhimassalomlar fir’avnning haqqiga duobad qildilar. Alloh ijobat qilganini bildirdi, duo qilingan vaqtdan halok bo‘lgunicha oradan 40 yil o‘tdi. Ikki payg‘ambar duosi shak-shubhasiz mustajob bo‘lgan, natijasi ko‘rilguncha 40 yil o‘tdi. Siz bilan biz esa bir a’robiyga o‘xshaymiz. U ikki rak’at namoz o‘qib vahiy kutishni boshlagan ekan. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 12:26 | Savol-javoblar | 142 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar