It kirgan uyda namoz o‘qisa bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Zalimda namoz o‘qiyman yozda boxorda yozda uyimmi eshiglarini ochib qo‘yardim. 1-2 marta uydagi it zalga va boshqa xonalarimga kirib ketti, keyin zalimi eshigni tegiga uyni ichkari tomoniga yozilib ketibti. 1 marta uni yaxshilab tozalab tashadim shu zalimda namoz o‘qisam bo‘ladimi? Lekin azgina ko‘nim bo‘mayaapti. 2. Eshitishimcha spalniyda dushi bor bo‘lsa yoki dushsiz bo‘sa namoz o‘qib bo‘masakan. Bu qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri. Spalniyda namoz o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Uyingizning qaysi joyiga najosat tekkanini aniq bilmaguncha uni namozga yaroqli emas, deb hukm qila olmaysiz. It uyning ichida najosat chiqargani e’tiboridan, ehtiyot uchun poklab chiqqaningiz yaxshi.2). Bunday gap yo‘q. Namoz o‘qisangiz bo‘ladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنِ اقْتَنَى كَلْبًا لَيْسَ بِكَلْبِ صَيْدٍ وَلَا مَاشِيَةٍ وَلَا أَرْضٍ فَإِنَّهُ يَنْقُصُ مِنْ أَجْرِهِ قِيرَاطَانِ كُلَّ يَوْمٍ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ والْبُخَارِيُّ. وَلَفْظُهُ: مَنْ أَمْسَكَ كَلْبًا فَإِنَّهُ يَنْقُصُ كُلَّ يَوْمٍ مِنْ عَمَلِهِ قِيرَاطٌ إِلَّا كَلْبَ غَنَمٍ أَوْ حَرْثٍ أَوْ صَيْدٍ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim ov iti, chorva iti va ziroat iti bo‘lmagan itni saqlasa, albatta, uning ajridan har kuni ikki qiyrot noqis bo‘ladi», dedilar».
Muslim va Buxoriy rivoyat qilganlar.
Buxoriyning lafzida:
«Kim it saqlasa, albatta, uning amalidan har kuni bir qiyrot noqis bo‘ladi. Chorva yoki ziroat yoki ov iti mustasno», deyilgan. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 153 | Namoz