vas vas

Assalomu alaykum! Yordam bering axvolim yaxshi emas, menda judayam kuchlii vasvasa bor taxorat qilsam taxoratim mukammal bo‘ganga o‘xshayamaydi, ertalab tursam kiyimda qandaydir dog‘ni ko‘rsam darrov vasvasaga berilib g‘usl qilaman shunda qilmasam bo‘lmaydi ko‘nglim qattiq g‘ash bo‘lib meni tinch qo‘ymaydi, g‘usl qilsam g‘usilim mukammal bo‘lmaganday bo‘ladi, eng yomoni taxoratdan keyn taxoratim ketganday bo‘laveradi. Bu narsalarga sabr qilib o‘tib ketar deb yuruvdim, ammo kundan kunga axvolim og‘irlashib boryapti. Din nafsimga og‘ir kelishni boshladi, dindan sovib qolishdan juda qo‘rqyampan. Iltimos menga yordam beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz quyidagi duoni ko‘p o‘qing: “Robbig‘fir varham va anta xoyrurrohimiin”ni doim o‘qib yuring. Bizni gapimizga kiring. Tahorat uch marta yuving, suv tegmay qolsa ham mayli, namzozingiz namoz bo‘laveradi. Uch martadan oshirmang, nima bo‘lgan taqdirda ham. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 161 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar