Namozda jamoat

Assalomu alaykum! 5 mahal namozlarda ko‘p guvoh bo‘lganman kopincha bir jamoat 6-7 kishilar atrofida ko‘pincha peshinda 4 rakat sunnatini o‘qiydilarda keyin 4 rakat farzni o‘qimay turishadi chunki jamoat qilib o‘qish uchun oralarida imomlikka chiqadigan yo‘q .Keyin bir kishi namoz o‘qish uchun o‘sha jamoat turgan joyga boradi va peshinning 4 rakat sunnatini endi o‘qiyman desa haligi jamoatdagilar keyin kelgan kishiga keling bizga imom o‘tib bering deyishadi lekin bu kishi imomlikka o‘tsa bo‘ladigan qur’onni tasvirga muvofiq o‘qiydigan kishi bo‘ladi. Keyin haligi kishi imom o‘tadi peshinning 4rakat farzini yangi kelgan kishi imom bo‘lib o‘qib beradi. Men tushunmaganim shunday qilsa bo‘ladimi ya’ni sunnatidan oldin jamoatga farzni imom bo‘lib o‘qib keyin 4rakat sunnat 2rakat sunnat qilib o‘qisa joizmi tartiblarni almashtirgani uchun zarari yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar