G‘oyibona maqtash haqida hadis
Assalomu alaykum! Bir hadisni tushunolmadim, hadis quyidagicha: Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytdilar: “Kim moddiy jihatdan birovga yaxshilik qilsa, unga ham yaxshilik qaytarilsin. Yaxshilik qilishga qurbi kelmasa, u kishini g‘oyibona maqtasin, chunki maqtash tashakkur o‘rnida o‘tadi. Ammo u kishining yaxshiligini yashirsa, undan tongan, yaxshilikni bilmagandek bo‘ladi. Kim o‘zida yo‘q narsani menda falon narsa bor deb maqtansa, ikki qavat kiyim bn o‘ralgan hisoblanadi” dedilar. Ikki qavat kiyim bilan o‘ralgan qanaqa ma’noda kelyapti?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘onni kiyimini kiyib olibdi deyilgan. Ya’ni yolg‘onchi bo‘libdi degani. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 18:28 | Savol-javoblar | 158 | Hadislar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘onni kiyimini kiyib olibdi deyilgan. Ya’ni yolg‘onchi bo‘libdi degani. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 18:28 | Savol-javoblar | 158 | Hadislar