Ro‘za ochilish hukmidan bexabar bo‘lganda
Assalomu alaykum! Men Ramazon ro‘zasini tutdim. Ammo shunday holat bo‘ldiki men ro‘zani qazosi va kafforati vojib bo‘ladigan amallarni bilmay ba’zilarini bajarib qo‘ydim. Ramazon qo‘llanmasini Ramazon boshida bir ko‘rib chiqqan edim. Ramazon oxirida Hayit munosabatidagi ixtilofli masalaga oydinlik kiritish maqsadida yana bir o‘qib chiqqanimda ba’zi ro‘zani buzuvchi ya’ni qazo va kafforatga olib boruvchi amallarni ko‘rdim. Men bilmaganligim tufayli tutgan ro‘zam InshaAlloh qabulmi yoki tutib berishim baribir shart bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatda zohirga qaraladi. Alloh qabul qilganmi yoki yo‘qmi bu Allohga ayon. Shariat hukmiga ko‘ra siz buzgan bo‘lsangiz qazosini, agar kafforat vojib bo‘ladigan ishni qilgan bo‘lsangiz kafforatini ham ado qilishing kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 134 | Dolzarb savollar