Musulmon makkor bo‘lmaydi

Assalomu alaykum! Ustozlar, men savdogarman. Bir tanishim mendan mashinaning glushitelini so‘radi. U uni meniki deb o‘yladi, u meniki emas edi. Men 150.000 narx aytdim, u bo‘lishi-chi dedi, men boshliqdan so‘raychi, deb egasidan so‘radim. Bo‘lishi 120.000 dedi, keyin men tanishimga 140.000 dedim. U 140.000 berdi, keyin egasiga 140.000 berdim egasi 20000 foydani beraymi dedi, men yo‘q dedim. Shu qilgan ishim to‘g‘rimi yoki 20000 so‘mni olishim kerakmidi? Bu savol bir birodarimiz tomonidan berildi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon kishi bunday makkor bo‘lmaydi. Olishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 16:38 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar