Mazxab o‘zgartirish
Assalomu alaykum! Dalillarni saxixligiga qarab goh u mazxabni goh boshqa mazxabni dalillarini olib amal qilsa bo‘ladimi? Bir tanishimga mujtahid darajasiga etmagan inson faqat bir mazxabga ergashishi kerak desam u esa “Yo‘q Abu Hanifani o‘zlari ham aytganlar saxix xadis kelsa menga ergashmanglar deb” deyabti. Shu masala xaqida malumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muhaddislar bilan faqihlarning hadis tanlash darajasi bir biridan farq qiladi. Muhaddislarning vazifasi ijtihod qilib, roviylarni holatitga qarab sahih yoki nosahihligiga hukm chiqarish. Faqihlarning vazifasi esa, o‘ta darajada keng qamrovlidir. Ular sahihligidan tashqari mansux bo‘lgan yoki bo‘lmaganligiga, ummat unga qanday amal qilganligiga, ummat u hadislardan nimani tushunganligiga qaraydilar. Hatto ba’zi hadislar muhaddislar nazdida mashhur sanalmay Qur’ondagi hukmga qo‘shimcha qilish darajasida emas bo‘lsa ham faqihlar nazdida Qur’onga ziyoda qilish quvvatiga ega hisoblanadi. Shuning uchun muhaddislarning o‘zlari ham butun ummat tan oladigan darajadagi muhaddis bo‘lsa ham “Biz dori furushlarmiz, sizlar esa tabibsizlar” deb faqihlarni tan olishgan. Bu gapni aytgan muhaddis imom A’mash aytilgan zot esa Abu Hanifa rahmatullohi alayh edilar. A’mashning ismlari Sulaymon ibn Mehron bo‘lib, u kishining laqabi “Shayxul muhaddisiyn” bo‘lgan. Sahobalardan katta bir jamoasiga zamondosh hisoblanadilar. Shu zot o‘zlarini faqihga muhtoj ekanliklarini aytib turganlarida Abu Hanifa rahmatullohi alayhni tabib faqihlilarini tan olib turganlarida bizni og‘zimizdan chiqayotgan so‘zlar o‘ta darajada beadablik emasmikin. Imom Molik rahmatullohi alayh “Zamonamizning 70ta olimi fatvo berishimga ijozat bermagunlarcha fatvo bermadim” deganlar. U zamonning olimlari sahoba roziyallohu anhumlarning shogirdlari edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Eng yaxshi zamona ahli” deb guvohlik bergan kishilar edilar. O‘sha zotlar siz ko‘rgan sahih hadislarni ko‘rmagan deb o‘ylaysizmi? Ular kamtarlik qilib aytgan gaplarini ilmsizlikka yo‘yyapsizlarmi? Vallohu a’lam!
7 May 2022, 14:04 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar