Ustaxonaga ta’mir uchun oyoq kiyimi tashlab ketsa, asso egasi kelmasa

Do‘stimiz poyabzal ta’mirlaydi. Mijozlar poyabzalini ta’mirga berib oylab, yillab yo‘q bo‘lib ketishar ekan, do‘stimiz o‘zini pulidan mahsulot olib ta’mirlagan. Eshikdan kirishda 1 xaftadan ko‘p qolib ketgan poyabzallarga javob bermaymiz, deb yozib qo‘yilgan. Tashlab yuborsa-qachonlardir kelib talab qilishadi, tashlamasa- do‘konda joy etishmaydi. Shunday poyabzallardan o‘zi uchun yoki tanish bilishlarga yoki sotib pulini chiqarsa bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Egasi kelib talab qilsa, qaytarib berish sharti bilan joiz. Albatta, kutish vaqti o‘tgandan keyin.

26 May 2022, 23:41 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar