qishloqdagi masjid
Assalom alaykum Hazrat.Hazrat bizning qishloqda juda ham kurkam chiroyli masjid bor jome masjidlardan hech qanaqasi qolishmaydigan (hamma sharoitlari bor)lekin shu masjidni bir necha yillardan beri jome masjid qilishga bulgan urinishlar samarasiz ketdi.hozir bu masjid deyarli qorovsiz qolgan masjidning imomi ham yoq , qorovuli ham yoq.insofsiz odamlar bundan foydalanib nima ug‘irlash mumkin bulsa ug‘rilashdi (exson qutlarini bir necha bor sindirib ichidagi pullarini olishdi.mana yaqinda masjidga tushap quyilgan qolinni ham o‘g‘irlab ketishdi)bir necha bor ushbu masjidda namoz o‘qigan odamlarni militsyia olib ketib har xil jarimalarga tortdi.hozir odamlar ushbu masjidda namoz o‘qishga qurqib qolishgan va hech kim namoz u’qimayapti.shu masjidni qonuniylashtirih uchun nima qilish kerak ? kimga murojat qilish kerak? o‘zbekiston musulmonlar idorasiga qishlog‘imiz kattalari allaqachon murojat qilishgan . Hazrat iltimos shu masalada yordam bering va dou qiling shu va bunga uxshash masjidlar jome masjidlarga aylanib xalqimizning yana islomga qaytishida o‘z xissasini qushsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo barcha masjidlarimizni har taraflama obod bo‘lishini nasib etsin! Diniy idoraning ishi bu.
7 May 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo barcha masjidlarimizni har taraflama obod bo‘lishini nasib etsin! Diniy idoraning ishi bu.
7 May 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar