O‘g‘limning tarbiyasi

Assalomu alaykum! Meni farzandim cho‘ntagimdan pul o‘g‘irlayapti. 8 yoshligida birinchi o‘g‘irliklarini bilib, yana o‘zirlasang qo‘lini kesaman dedim. Keyin yana ushlab oldim va barmoqlarini qon chiqar chiqmas kesdim. Shundan keyin pul olganini bilmayman. Endi yaqindan beri yana pullarim yo‘qolib qolyapti. Gumonim o‘g‘limdan, chunki uyda men, onasi o‘g‘lim va katta qizim yashaymiz. Hozir o‘g‘lim yaqinda 14 yoshga to‘ladi, nima qilishni bilmay sizlarga yozyapman. Halol haramni bilaman va xech qachon haromga bermaganman. Hatto be Bismillox so‘yilgan tovuqlarni xam edirmas edim. Halol egan bola xalol bo‘ladi deb luqmaga qo‘limdan kelgancha e’tibor berganman. O‘zi yolg‘iz o‘g‘il, agar shu pullarni o‘g‘lim o‘g‘irlagan bo‘lsa ya’ni isboti bilan o‘zi tan olsa hatto qo‘lini kesishga tayyorman... To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz nima uchun shu pulni olishga muhtoj bo‘lganini o‘rganing. O‘g‘irlik qilmasidan oldin o‘zingiz berishga o‘rganing. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 14:15 | Savol-javoblar | 191 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar