Necha marta sajda qilganini bilmasa

Assalomu alaykum! Sajda masalasida ikkiladim. Ikki sajdaga borganimdan keyin ikkinchi marta bormadim shekilli deb ikkilanyapman. Uch marta sajda holati hukmi haqida bilmoqchi edim. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday holatda uchinchi sajdani ham qilinadi va oxirida sajdai sahv qilinadi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 18:55 | Savol-javoblar | 167 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar